ONSIDE | Futbol yangiliklari

Eronlik futbolchiga APLning ikki grandi qiziqish bildirmoqda

2141 07.10.2022 09:10

"Portu" hujumchisi Mehdi Taremi "Arsenal"ning nishoniga tushdi. Bu haqda Portugaliya matbuoti xabar bermoqda.

 

Qayd etilishicha, Taremining agenti allaqachon "Arsenal" vakillari bilan aloqada bo'lgan. "Kanonirlar"dan tashqari, Mehdiga "Chelsi" qiziqish bildirmoqda.

 

Taremi joriy mavsum “Portu” safida 11 ta o‘yinda maydonga tushdi. Uning hisobida 7 ta gol va 6 ta golli uzatma bor.