ONSIDE | Futbol yangiliklari

Skoulz "MYU"da Ronalduga nisbatan hurmatsizlik bo'layotganini ta'kidladi

2057 07.10.2022 09:18

"Manchester Yunayted"ning sobiq yarim himoyachisi Pol Skoulz Krishtianu Ronalduning klubdagi mavqei haqida gapirdi. Uning fikricha, jamoa murabbiylar shtabi portugaliyalikka munosib hurmat bilan munosabatda bo'lmayapti.

 

“Bu ochiq-oydin hurmatsizlik – unga Yevropa ligasida yaxshi o'ynab turgan vaqtda “Manchester Siti”ga qarshi o‘ynashga imkoniyat berilmadi. Shunga qaramay, u jahon yulduzi. Albatta, 37 yoshida u har bir o'yinni boshidan maydonga tushishi shart emas, lekin Yevropa Ligasida o'ynaganida motivatsiya topishi ancha qiyin. U buyuk klubda o‘ynayotgan ajoyib o‘yinchi”, dedi Skoulz BT Sport nashriga.