ONSIDE | Futbol yangiliklari

Argentinada stadion tashqarisidagi tartibsizlik tufayli sobiq futbolchi vafot etdi

3205 07.10.2022 09:55

Argentina chempionati doirasida “Ximnaziya va Esgrima” – “Boka Xuniors” bahsi 9-daqiqada to‘xtatildi. Stadion tashqarisidagi tartibsizliklar tufayli o'yin juda erta yakunlandi..

 

Politsiya ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz vositalarini ishlatdi va oqibatda futbolchilar o'yinni davom ettirshdan bosh tortishdi. Muxlislar va huquq-tartibot idoralari xodimlari o‘rtasidagi to‘qnashuvda katta to'polon yuzaga keldi.

 

Shundan so‘ng “Boka” ustozi Ugo Ibarra hakamdan uchrashuvni to‘xtatishni so‘radi.  Arena tashqarisida TyC Sports operatori jarohat oldi - u uchta rezina o'qdan yaralangan. Shuningdek, TyC Sports bir kishining o'limi haqidagi ma'lumotni tasdiqladi - sobiq havaskor futbolchi Sezar Gustavo Regeyroning yuragi xuruj qildi va u kasalxonaga olib ketilayotganda vafot etdi.