ONSIDE | Futbol yangiliklari

JCh-2022dagi eng yosh jamoa qaysi? Qatarga eng kam o'yinchi olib kelgan termani bilasizmi? Jahon chempionati haqida 20 ta qiziq fakt

4289 22.11.2022 00:13

Futbol bo'yicha Jahon chempionati bahslari boshlandi. Qatardagi turnir ko'p jihatlari bilan o'ziga xosdir. Masalan, ilk bor JCho'yinlari Yaqin Sharqda o'tkazilmoqda. JChda ishtirok etadigan Jamoalar ma'lum bo'lganidan so'ng JCh-2022ga oid boshqa qiziqarli faktlar ham ma'lum bo'ldi. Biz ko'pgina ma'lumotlarni sizga taqdim qilamiz.


1. Eron 2022-yilgi jahon chempionatiga 26 futbolchi o‘rniga 25 o‘yinchi olib kelgan yagona jamoadir.


2. JCh-2022dagi eng past bo'yli futbolchi Marokash terma jamoasi yarim himoyachisi Ilyos Shair (158 santimetr).


3. JCh-2022 ning eng uzun bo'yli futbolchisi niderlandiyalik darvozabon Andris Noppert (203 santimetr).


4. JCh qaydnomalaridagi 137 nafar futbolchi 2022-yilgi jahon chempionatida ishtirok etish uchun tug‘ilgan davlatini noto‘g‘ri ko‘rsatmoqda. Marokashda bunday futbolchilarning soni 14 kishini tashkil etadi.


5. 2022-yilgi JChda birinchi marta ayol kishi bosh hakam sifatida ishlaydi: Stefani Frappart (Fransiya), Salima Mukansanga (Ruanda) va Yoshimi Yamashita (Yaponiya).

Фраппар, Мукансанга и Ямасита

6. Eng qimmat tarkib Angliya termasiga tegishli. Jamoa qiymati - 1,26 milliard yevro!


7. Narxlari bo'yicha eng arzon jamoa bu Qatar termasi. Mezbon jamoa futbolchilarining narxi atigi 14,9 million yevroga baholangan.


8. Senegal terma jamoasi 2022-yilgiJjahon chempionatida 100% xorijda to'p surayotgan futbolchilaridan iborat tarkib tuzgan yagana jamoa hisoblanadi. Ya'ni, barcha o'yinchilar turli ligalarda
to'p suradi, Senegal chempionatida o'ynayotgan futbolchilar mundial qaydnomasiga kiritlmagan.


9.  Qatar terma jamoasi o'z tarixda ilk marta mundialda qatnashmoqda.


10. JCh-2022 ro'yxatidagi eng yosh futbolchi germaniyalik hujumchi Yusuf Mukoko hisoblanadi. Musobaqaning ochilish kunida u 18 yoshga to'ldi.


11. JCh-2022 uchun terma jamoa qaydnomasidan o'rin olgan eng keksa futbolchi Meksika terma jamoasining 40 yoshli darvozaboni Alfredo Talavera hisoblanadi.


12. JCh-2022ga borgan futbolchilar orasida Tomas Myuller jahon chempionatida eng ko'p golli uzatmani amalga oshirgan (6ta golli uzatma).


13. Lionel Messi JCh-2022ga borgan futbolchilar orasida Jahon chempionatida eng ko'p o'yin o'tkazish bo'yicha rekordchi hisoblanadi. Argentinalik futbolchi avvalgi 4 ta turnirda 19 ta o‘yinda maydonga tushgan.


14. JCh-2022ning eng yosh jamoasi Gana terma jamoasidir. Futbolchilarning o'rtacha yoshi 24,7 yosh.


15. 2022 yilgi jahon chempionatida eng keksa jamoa Eron terma jamoasi hisoblanadi. Futbolchilarning o'rtacha yoshi 28,9 yosh.


16. Ushbu jahon chempionati 32 ta jamoa ishtirok etadigan oxirgisi bo'ladi. Keyingi turnirdan boshlab final bosqichida 48 ta jamoa ishtirok etadi.


17. "Bavariya" JCh-2022ga eng ko'p o'yinchi yuborgan - sakkizta jamoada myunxenliklarning 17 nafar futbolchi bor.


18. JCh-2022dagi eng yosh murabbiy Lionel Skaloni bo'lib, u 44 yoshda. 


19. JCh-2022dagi eng keksa murabbiy niderlandiyalik hisoblanadi. Lui van Gal 71 yoshda.


20. JCh-2022ga borganlar orasida eng yaxshi to'purar Tomas Myuller (10 ta gol) hisobalnadi. JCh tarixidagi rekordchi uning hamyurti Miroslav Kloze (16 ta gol).