ONSIDE | Futbol yangiliklari

Konteynerlarda o‘tayotgan hayot yoxud Qatarda muxlislar qanday yashashmoqda?

4337 23.11.2022 00:50

Mehmonxonalarda bo‘sh joylarning yo‘qligi Qatardagi Jahon chempionatida muxlislarni qiynayotgan asosiy muammolardan biri hisobalandi. Mamlakat kichik, hamma narsa ixcham - sakkizta stadionining hech biri Dohadan hattoki, 50 km uzoqlikda ham emas.


Bir shaharda barcha mehmonlarni joylashtirishning iloji yo‘q edi. Shuning uchun,Qatar ko‘chma konteynerlardan foydalandi. Muxlislar uchun turnir tashkiliy qo‘mitasi poytaxt chekkasidan bir nechta hududlarni ajratdi, yaʼni qisqa vaqt ichida “fan-qishloqlar” tashkil etildi.


Bunday uylarda yashash narxi bir kecha uchun 200 dollarni (taxminan 2 234 792 ming so‘m) tashkil etadi. Bu juda qimmat, lekin muqobil variant topish imkoniyati deyarli yo‘q. Dohadagi mehmonxona narxlari bir necha marta ko‘tarildi. Shuningdek. mamlakatga 2-dekabrga qadar Jahon chempionatiga aloqasi bo‘lmagan odamlarni kiritmaslik bo‘yicha qaror qabul qilindi.

 

Qatar aholisi 2,8 million kishi (300 ming nafar mamlakat fuqarolari, qolganlari chet elliklar) kishini tashkil qiladi. Hozirda mamlakatdagi mehmonxonalar sayyohlarga 30 mingdan sal ko‘proq xonalarni taqdim etishga tayyor, ammo turnir davomida 80% muxlislarda turar joy bilan bog‘liq muammolar paydo bo‘lishi mumkin. Qatardagi aksariyat mehmonxonalarga ishtirokchilar, jurnalistlar hakamlar va boshqa rasmiylar joylashtirilgan.

 

Ana shunday vaziyatda oddiy muxlislar oldida ikkita yo‘l qolmoqda: yo konteynerlarga joylashish yoki Qatarga qo‘shni mamlakatlarda yashash.

 

Tashkilotchilarning hisob-kitoblariga ko‘ra, konteynerlar tufayli Jahon chempionati vaqtida Qatarda 60 minggacha odam turur joy bilan bog‘liq muammodan qutiladi. Turnirdan keyin ko‘chma uylar uy-joyga muhtoj bo‘lgan boshqa mamlakatlardagi aholi uchun foydalanishga yuborilishi rejalashtirilgan.