
Bugun. 23-noyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 15:00da Xorvatiya terma jamoasi Qatar mezbonligidagi Jahon chempionatida ilk uchrashuvini o'tkazadi. Luka Modrich boshchiligidagi amaldagi JCH vitse-chempionlari mundialda syurpriz qilishi kutilayotgan Marokash termasi bilan o‘ynaydi.
JCh-2022. F guruhi. 1-tur
2022 yil 23-noyabr, chorshanba. Toshkent vaqti bilan 15:00
Marokash - Xorvatiya
18:00da Germaniya terma jamoasi Yaponiya bilan o'ynaydi. Yevropa terma jamoasi saralash bosqichidan ishonchli tarzda o‘tdi, biroq to‘rt yil avval Rossiyada bo‘lib o‘tgan Jahon chempionatida nemislar guruhda qolib ketishgandi. O'shanda Olmoniya JCHni mag'lubiyat bilan boshlagandi, bu safar qanday bo'ladi? Barcha savollarga bugungi o'yin javob beradi.
JCh-2022. E guruhi. 1-tur
2022 yil 23-noyabr, chorshanba. Toshkent vaqti bilan 18:00
Germaniya - Yaponiya
Bugungi kun dasturidagi uchinchi o'yin (21:00) Ispaniya va Kosta-Rika terma jamoalari ishtirokida bo'lib o'tadi. Luis Enrike bir nechta tajribali futbolchilarni turnirga olib bormadi, bu esa jamoatchilikning turlicha munosabatiga sabab bo'ldi. Enrike maktabi futbolchilari ishonchni oqlay olishadimi? Har xolda Konkakaf vakillari ha anoyilardan emas...
JCh-2022. E guruhi. 1-tur
2022 yil 23-noyabr, chorshanba. Toshkent vaqti bilan 21:00
Ispaniya - Kosta-Rika
Kunning yakuniy uchrashuvida (00:00) belgiyaliklar kanadaliklar bilan kuch sinashadi. Belgiyaning oltin avlodi uchun bu Jahon chempionati yirik turnirda g‘alaba qozonish uchun so‘nggi imkoniyatdir. Kanada 1986 yildan beri ilk bor Jahon chempionatida ishtirok etmoqda. Aksariyat nashlar yevropaliklarning ishonchli hisobdagi g'alabasini taxmin qilishmoqda. Ko'ramiz...
JCh-2022. F guruhi. 1-tur
2022 yil 23-noyabr, chorshanba. Toshkent vaqti bilan 00:00
Belgiya - Kanada