
Jahon chempionatining 2-tur o‘yinlari qizg‘in pallada! Oldingi o'yinlar natijalarini inobatga oladigan bo'lsak, ko'plab jamoalarning kelajagi endi oydinlashishi mumkin. Bugun, 27-noyabr kuni biz E va F guruhlaridagi uchrashuvlarni kutmoqdamiz. Keling, turli natijalar jamoalar natijasiga qanday ta'sir qilishini ko'rib chiqamiz.
E guruhi
Ispaniya - Germaniya g'alaba qozonsa va Yaponiya parallel o'yinda Kosta-Rikaga yutqazmasa nima bo'ladi?
Yaponiyada ham xuddi shunday holat. Kosta-Rika bilan o'yinda g'alaba qozonish va Germaniya bilan o'yinda Ispaniyaga yutqazmasligi jamoani 1/8 finalga olib chiqadi.
Kim muddatidan oldin pley-offga chiqish imkoniyatini yo'qotishi mumkin:
Kosta-Rika Yaponiyaga imkoniyatni boy bersa, Ispaniya esa Germaniyaga yutqazmasa, uchinchi o'yin jamoa uchun rasmiyatchilikka aylanadi. Germaniya bugun yutqazsa, mundial bilan xayrlashadi.
F guruhi
Belgiya - Marokashni mag'lub etsa, Xorvatiya va Kanada durang qayd etsa, belgiyaliklar ham guruhdan muddatidan avval 1-o'rinda chiqib olishadi.
Kim muddatidan oldin pley-offga chiqish imkoniyatini yo'qotishi mumkin:
Kanada - Xorvatiyaga yutqazsa 2-turning o'zidayoq JCH bilan xayrlashadi.
Ammo Xorvatiya va Marokash terma jamoalarida hali hammasi oldinda. Mumkin bo'lgan natijalarning hech biri ularning taqdirini muddatidan avval hal qilmaydi.
Yaponiya - Kosta-Rika, 15:00;
Belgiya - Marokash, 18:00;
Xorvatiya – Kanada, 21:00;
Ispaniya - Germaniya, 00:00.