
Germaniya terma jamoasi hujumchisi Tomas Myuller Jahon chempionatidagi muvaffaqiyatsizlik haqida gapirdi. Uning so'zlariga ko'ra, bu Germaniya uchun katta falokat.
"Bu katta falokat. Bu biz uchun nihoyatda achinarli, chunki bizning natijamiz yetarli bo'lishi mumkin edi (agar Ispaniya Yaponiyaga yutqazmaganida). Bu kuchsizlik hissi", — dedi Myuller.