ONSIDE | Futbol yangiliklari

Kurtua: "Barcha muxlislardan uzr so'raymiz"

601 03.12.2022 12:16

Belgiya terma jamoasi darvozaboni Tibo Kurtua Jahon chempionatidagi omadsizlikdan haqida o'z fiklarini bildirdi. Shuningdek, "Real Madrid" darvozaboni muxlislardan kechirim so'radi.


"Biz doimo birga bo'lgan barcha muxlislardan uzr so'raymiz. Biz faqat bor kuchimizni ishga solamiz va qayta urinib ko'ramiz, deb va'da beramiz. Qo'llab-quvvatlaganingiz uchun tashakkur. Bir kun o'tdi, ammo Jahon chempionatidan chiqib ketish hali ham og'riq keltirmoqda va bu tuyg'u o'tguncha biroz vaqt kerak. Men jamoadoshlarimga, ayniqsa Roberto Martinesga birga bo'lgan vaqti uchun minnatdorchilik bildirmoqchiman", — dedi Belgiya terma jamoasi darvozaboni.