ONSIDE | Futbol yangiliklari

Ronaldu JChlarda 100 ta zarba bergan ilk futbolchi bo'ldi

994 03.12.2022 12:34

Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronalduning Jahon chempionatlarida darvoza tomon yo'llagan aniq zarbalari soni 100 taga yetdi. Bu haqda Opta nashri xabar bermoqda.


Bu natija 1966-yildan beri o'tkazib kelinayotgan Jahon chempionatlaridagi (statistika shu vaqtdan yuritila boshlagan) eng yuqori natija hisoblanadi. Portugaliyalik futbolchi 2006-yilgi musobaqadan beri beshinchi Jahon chempionatida ishtirok etmoqda.