ONSIDE | Futbol yangiliklari

Koreya murabbiyi: "Keling, shunchaki xursand bo'laylik"

1086 03.12.2022 12:54

Janubiy Koreya terma jamoasi murabbiyi Serjiu Koshta Jahon chempionati 3-turidan o'rin olgan Portugaliyaga qarshi o'yindan keyin o'z fikrini bildirdi. Ma'lumot uchun, jamoa asosiy murabbiyi Paulu Bentu qizil kartochka sabab Portugaliyaga qarshi o'yinni o'tkazib yubordi.


"Uchta uchrashuvda qilgan ishlarimiz yetarli bo'ldi. Ushbu g'alabaga erishdik. Barchamizni tabriklayman, biz juda baxtlimiz. Ushbu g'alabani murabbiyimiz Paulu Bentuga bag'ishlaymiz. Siz hozir mendan pley‑offga qanday tayyorgarlik ko'rishimizni so'rayapsiz. Keling, shunchaki xursand bo'laylik", — dedi Serjiu Koshta.