
Krishtianu Ronaldu va Leo Messining rekordlarini tilga olmasak, futbol tarixi to'liq bo'lmaydi. Bu juftlik 14 yil davomida jahon futbolining eng yuqori pog'onasida bo'lib, o'sha davrdagi eng ko'p individual sovrinlarni qo'lga kiritdi.
Yanvar oyida Krishtianu Yevropadagi muvaffaqiyatli faoliyatidan so'ng "Al Nasr"ga o'tdi. To’g’ri, "Manchester Yunayted"dagi so'nggi yilida futbolchining obro'siga putur yetdi. Biroq Yevropadagi faoliyati davomida portugaliyalik futbolchi ko'plab rekordlarni o'rnatdi, ularning aksariyati hanuzgacha saqlanib qolmoqda. Bu maqolada uning asosiy raqibi Lionel Messi tomonidan yangilanishi mumkin bo'lgan 5 ta rekordni to'pladik.
Terma jamoa uchun gollar.
Ronaldu Portugaliya terma jamoasi safida 118 ta gol urgan. Messi Janubiy Amerika terma jamoalari orasida eng yaxshi to'purar (98 gol), Krishtianuga yetishiga esa yigirmata gol yetishmayapti.
Albatta, bu juda ko'p, ammo argentinalikning 2022 yildagi to'purarlik tezligini hisobga olsa arziydi: 14 uchrashuvda 18 ta gol.
Chempionlar ligasidagi assistlar.
Krishtianuni haddan tashqari xudbinlikda ayblashlariga qaramay, u sheriklarining gol urishiga 42 marta yordamlashgan. Biroq Leo unga juda yaqin. Argentinalik futbolchida 40 ta uzatma bor va u “PSJ” bilan musobaqani davom ettirayotganini hisobga olsak bu rekord tez orada yangilanishi mumkin.
Chempionlar ligasidagi gollar.
Chempionlar ligasi Krishtianuning sevimli turniri, shuning uchun portugaliyalik ushbu turnirda aql bovar qilmaydigan darajada ko’p — 141 ta gol urgan bo'lsa.ajabmas. Lionel Messida bu ko’rsatgih 129 ni tashkil etadi. Messi va Ronaldu o'rtasidagi farq 12 gol, ko'plab hujumchilar butun faoliyati davomida hech qachon Chempionlar ligasida bunchalik ko'p gol urishmagan.
Eslatib o'tamiz: tarixda bor-yo'g'i ikki futbolchi Chempionlar ligasida yuzdan ortiq gol urgan.
Yevropa klublar futbolidagi gollar.
Bu raqam haqida o'ylab ko'ring: Yevropada klublar darajasida 701 ta gol. Shulardan 5 tasi “Sporting”da, 145 tasi “Manchester Yunayted”da, 450 tasi “Real”da va 101 tasi “Yuve”da urilgan.
Va bu yerda ham Messi juda yaqin joylashgan: 696 gol. “PSJ” uchun 24 va “Barsa” uchun 672 gol.
Top-5 ligalardagi gollar.
Krishtianu uchta top ligada o'ynagan va shu vaqt ichida u 495 ta gol urgan. Ulardan 311 tasi La Liga, 103 tasi Premer-liga va 81 tasi A Seriyada qayd etilgan. Mesi hisobida 489 ta gol bor: La Ligada 475 ta, Liga 1 da 14 ta.
Messi va Ronalduning rekordlari tez orada yangilanishi mumkin, biroq dunyo futboli bunday uzoq va stabil davom etgan qarama-qarshilikni yana ko’radimi, yo’qmi bunisi qorong’u.