ONSIDE | Futbol yangiliklari

Shomurodovning yangi jamoasi – "Spetsiya" qanday klub?

4717 29.01.2023 15:43

O‘zbekiston terma jamoasi yetakchisi va Rimning "Roma" klubi a‘zosi Eldor Shomurodov faoliyatini "Spetsiya"da davom ettiradigan bo‘ldi. Xo‘sh, ushbu klub haqida nimalarni bilamiz-u nimalarni bilmaymiz. "Spetsiya" qanday klub? Jamoa o‘z imkoniyatlaridan kelib chiqib, har mavsum oldiga qanday ambitsiyalarni qo‘yadi? Bugungi videomizda imkon qadar yuqoridagi savollarga javob izlaymiz.

 

"La Spezia" — Italiyaning xuddi shu nomdagi shahrining professional futbol klubi bo‘lib, jamoa A Seriyada o‘yinlar o‘tkazadi. Klub 1906 yilda tashkil etilgan. Uy uchrashuvlarini 10 000 ga yaqin tomoshabinni sig‘dira oladigan "Alberto Picco" arenasida o‘tkazadi.

Klub prezidenti amerikalik Filip Reymond Platek

 

Murabbiy italiyalik Luka Gotti. Jamoa sardori ham italiyalik Julio Madjore.

 

Jamoa laqabi - burgutlar.

 

Oxirgi mavsum klub A Seriyada 16-o‘rinni egallagan. 1906 yil 10 oktyabrda shvetsariyalik Herman Urni tomonidan "Spezia" sport klubi tashkil etildi, ammo bu jamoa uzoq faoliyat yuritmadi. 1911-yil 20-noyabrda shahardagi futbol jamoasi "FC La Spezia" nomi bilan qayta tiklandi. 1917 yilgacha bu klub umummilliy musobaqalarda qatnashmagan holda faqat o‘rtoqlik o‘yinlari o‘tkazgan.

 

2019/20 yilgi mavsum yakunida ular o‘z tarixlarida birinchi marta A Seriyada o‘ynash huquqini qo‘lga kiritgan.

 

Demak, jamoa asosan quyi ligalarda o‘yin o‘tkazgan. Bemalol klubni A Seriyada yangi jamoa deyish mumkin. Hozirgi vaqtda "Spetsiya" Italiya chempionatida uchinchi mavsumini o‘tkazmoqda. Klub imkoniyatlaridan kelib chiqib natijalarni yomon deb bo‘lmaydi. Klub asosan turnir jadvalida o‘rta pog‘onalar uchun kurashadi. O‘yin uslubi himoyaviy asosan qarshi hujumlarda raqiblarini jazolashga harakat qiladi. Hozirda jamoada Mattia Kaldara, Viktor Kovalenko va Ampadu Itan kabi taniqli futbolchilar to‘p suradi. Hozirgi vaqtda angolalik Mbappa Nzola jamoa to‘purarai bo‘lib turibdi. U joriy mavsumda klub safida 20 ta o‘yinda maydonga tushib, 11 marta raqiblar darvozasini ishg‘ol qilgan. Polshalik Arkadiush Retsa esa joriy mavsum klubning eng yaxshi asisstenti bo‘lib turibdi. Uning hisobida 3 ta golli uzatma mavjud.

Klub safida besh nafar hujumchi bor. Italiyalik Verde Daniele joriy mavsum 10 ta o‘yinda maydonga tushgan va samarali harakat amalga oshirmagan. 29 yoshli ganalik forvard Emmanuel Gyasi 18 ta bahsda ishtirok etib, bitta gol urgan.

 

Shuningdek, Daniel Maldini ham shu jamoa safida harakat qiladi. Ijara asosida harakat qilayotgan futbolchi joriy mavsum 8 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z nomiga bitta gol yozdirib qo‘ygan. 26 yoshli Mbappa Nzola jamoa to‘purari hisoblanadi. Hujumchi 18 ta o‘yinda 9 gol urishga erishgan. Sloveniyalik David Streles 7 ta o‘yinda qatnashgan.

 

Maʼlumot uchun, Eldor joriy mavsum “Roma” tarkibida 8 ta o‘yinda maydonga tushib, bitta gol urgan.

 

Tez orada Eldor Shomurodov yangi klubida ro'yxatdan o'tishi kutilmoqda. Futbolchining "Spetsiya"dagi faoliyatiga omad tilaymiz.