
Jorjinyoning "Arsenal"ga o'tishi bir vaqtning o'zida bir nechta nuqtai nazardan muhim.
Jorjinyoning transferi biroz hayratlanarli. Taniqli futbolchilar bir liga doirasida bir top-klubdan boshqasiga o'tishlari tez-tez uchrab turmaydi. Yetakchi jamoalar asosan raqobatni kuchaytirmaslikka harakat qilishadi va boshqa ligalardan o'yinchilarni yoki o'rta jamoalarning yetakchilarini (masalan, Grilish yoki Kukurella) sotib olishadi.
Jorjinyoning tranfseri hayratlanarli, chunki hamma narsa yashin tezligida sodir bo'ldi. Bir kun oldin bu transferga hech qanday ishora yo'q edi. Hech qaysi ommaviy axborot vositalarida bu haqda so'z yuritilmadi. Bu holatda transfer allaqachon kelishib olingani taxmin qilinmoqda - bu haqda dunyoning eng mashhur futbol insayderi Fabritsio Romano shunday fikr bildirdi. Ma'lumot o'rnida, "Arsenal"ning Jorjinyoga qiziqishi haqida birinchi marta The Athletic (Angliyadagi eng nufuzli sport OAV) xabar bergan edi.
Jorjinyoning ketishi "Chelsi" uchun nimani anglatadi?
Yangi xo'jayinlar kelishi bilan "Chelsi" transfer siyosati uchun qattiq tanqid qilindi. Bunday holatlarda norozilikk berilmaslik va har bir transferni alohida ko'rib chiqish muhimdir.
Transfer oynasining so'nggi kunida to'rt oydan keyin tekinga ketadigan o'yinchining transferidan pul ishlash muvaffaqiyatdir. Bundan tashqari, gap 2–3 million funt sterling haqida emas, balki taxminan 12 million funt sterling haqida ketmoqda.
Ha, “Chelsi” keyingi to‘rt oy davomida Jorjinyodan foydalana olmaydi, lekin u oxirgi paytlarda avvalgidek yaxshi o'yin ko'rsata olmayotgandi.
Jorjinyoni sotib olish "Arsenal" uchun nimani anglatadi?
“Arsenal” nihoyat qaysidir futbolchini maydon markaziga olib chiqadi. Jamoada maydon marakzi potensial eng zaif nuqta edi. Markaziy nuqtaga kuch bermasda "Arsenal" Premyer-liga chempionligi uchun kurashish yoki keyingi mavsumda Chempionlar ligasiga yo'l olish qiyinlik qilardi. Shunday qilib, "Arsenal" futbolchini to'g'ri pozitsiyaga va kam pul evaziga olib keldi.
31 yoshli Jorjinyoning shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar amal qiladi, ammo italiyalik uzoqroq muddatga shartnoma tuzishga qarshi emas. Shartnoma muddati, go'yo, "Arsenal" yoshlarga tayanishda davom etishiga ishora qiladi.
Yana bir muhim jihat - klub pulga berilib ketmadi. "Chelsi" bozorni qizitayotgan bir paytda, "Arsenal" ortiqcha pul to'lashga tayyor emasligini yana bir bor ko'rsatdi. Bu qishda "Arsenal" Mudrikni qo'lga kiritishga yaqinroq edi, biroq "Shaxtyor" "Arsenal" bilan bonuslar va to'lov shartlari bo'yicha kelisha olmadi. Endi u "Brayton" yarim himoyachisi Moises Kaysedoni rad etdi.
"Arsenal"ga o'tish Jorjinyo uchun nimani anglatadi?
Bir tomondan, hozirgi holatda bu, albatta, oldinga qadamdir. Ha, "Arsenal" anchadan beri sovrin yuta olmayapti, ammo yarim himoyachi APLning o'ninchi o'rindagi jamoasidan birinchi o'rinda bo'lib turgan klubiga o'tadi. Futbolchining kelajagiga kelsak, hozir "Arsenal"da bo'lish ancha yoqimli. Jorjinyoning Angliya chempioni bo'lish ehtimoli yuqori ekanligini aytishning o'zi kifoya. Uning faoliyatida hali bu unvon yo'q. U "Chelsi"ga 2018 yilda kelgan va "Chelsi" chempionatni oxirgi marta 2017 yilda yutgan.
Boshqa tomondan, "Arsenal" Premyer-ligadagi eng konservativ tarkibga ega. Deyarli har doim bir xil o'yinchilar maydonga tushishadi. Ko'p jihatdan bu barqarorlik tufayli jamoa birinchi o'rinda turadi. Parti va Jaka doimiy ravishda maydon markazida o'ynashadi. Parti, umuman olganda, jamoaning asosiy o'yinchisi va uni jamoadan majburan chiqarib yuborish haqiqatga to'g'ri kelmaydi. Jakaga kelsak, aynan shu mavsumda u ham mukammal o'yin ko'rsatmoqda. Umuman olganda, u faoliyatidagi eng yaxshi damlarni o'tkazmoqda va hatto himoyaga xavf tug'dirmasdan hujumlarga qo'shilmoqda.
Va endi jamoada Jorjinyo bor. Unga Jakani tarkibdan siqib chiqarish qiyin bo'ladi, ammo "Arsenal" Jaka jarohat olganda yoki zaruriy o'zgarishlar vaqtida italiyalik futbolchiga ko'p ehtiyoj sezadi. Aynan ana shunday holatlar futbolchi uchun Arteta ishonchiga kirib olish imkoniyatini yaratadi.