
2022/2023 yilgi mavsum qishki transfer oynasida bir qator top jamoalar o'z safiga yangi futbolchilarni qo'shib oldi. Ayniqsa APL klublari amalag oshirgan transferlarni alohida ta'kidlash joiz.
Onside.uz sizga joriy mavsum qishda amalga oshirilgan eng qimmat 10 ta transferni taqdim etadi.
11. Leandro Trossard (Belgiya) – 24 mln yevro
28 yoshli vinger "Brayton"dan "Arsenal"ga o'tdi. U allaqachon "kanonirlar" safida debyutini o'tkazib ulgurdi. Futbolchi "Manchester Yunayted"ga qarshi APLda va "Man Siti"ga qarshi Angliya kubogi o'yinida maydonga tushdi.
10. Yakub Kiver (Polsha) – 25 million yevro
"Spetsiya"da o'ynagan 22 yoshli himoyachi endi "Arsenal"da o'ynaydi. U 2022 yilgi Jahon chempionatida Polsha terma jamoasining barcha o'yinlarida ishtirok etgan.
9. Jorjinyo Rutter (Fransiya) – 28 million yevro
“Xoffenxaym”da o‘ynagan 20 yoshli hujumchi “Lids” futbolchisiga aylandi. U bilan shartnoma 5,5 yilga tuzilgan.
8. Malo Gusto (Fransiya) – 30 million yevro
19 yoshli himoyachi "Lion"dan "Chelsi"ga o'tdi. Ammo u mavsumning qolgan qismini Fransiyada o'tkazadi. Shartnoma 2030 yilgacha mo'ljallangan.
7. Noni Madueke (Angliya) - 35 mln yevro
20 yoshli vinger "PSV"dan "Chelsi"ga o'tdi. Futbolchi bilan shartnoma 7,5 yilga mo'ljallangan.
6. Benua Badiashile (Fransiya) – 38 million yevro
“Monako”da to‘p surgan 21 yoshli himoyachi endi “Chelsi”da o‘ynaydi. Futbolchi klub safida debyutini APL doirasida "Kristal Pelas"ga qarshi o'yinda (1:0) o'tkazdi.
5. Kodi Gakpo (Niderlandiya) – 42 million yevro
"PSV"ning 23 yoshli vingeri “Liverpul”ga o‘tdi. "Manchester Yunayted" ham JCh-2022da o'ynagan futbolchiga da'vogarlik qildi, ammo ...
4. Pedro Porro (Ispaniya) – 45 million yevro
Ispaniyalik himoyachi nihoyat yozda "Tottenhem"da besh yil davomida to'p suradi.
3. Entoni Gordon (Angliya) - 45,6 mln yevro
21 yoshli vinger "Everton"dan "Nyukasl Yunayted"ga o'tdi. Bonuslarni qo'shganda transfer summasi 50 million yevrodan oshishi mumkin.
2. Mixail Mudrik (Ukraina) – 70 million yevro
22 yoshli vinger "Shaxtyor"dan "Chelsi"ga o'tdi. Bonuslarni hisobga olsak, shartnoma summasi 100 million evrogacha o'sishi mumkin.
1. Enso Fernandes (Argentina) - 121 mln yevro
"Benfika"da o'ynagan 22 yoshli yarim himoyachi endi "Chelsi"da o'ynaydi. 2022 yilgi jahon chempionining super transferi transfer oynasi yopilishi arafasida e'lon qilindi!