ONSIDE | Futbol yangiliklari

"Man Siti" ikkita katta transferga tayyorlanmoqda

3745 02.02.2023 11:30

"Daily Mail" nashrining ma'lum qilishicha, "Manchester Siti" "Napoli"ning gruziyalik vingeri Xvicha Kvaratsxeliya va "Milan"ning portugaliyalik hujumchisi Rafael Leauga qiziqish bildirmoqda.


21 yoshli Xvicha o'tgan yozda "Neapoli" safiga kelib qo'shilgan edi. U italiyaliklar bilan 2027-yilgacha mo'ljallangan uzoq muddatli shartnoma imzolagan. Uning hozirgi transfer narxi 60 million yevroga baholanmoqda.


Leau 2019-yilning avgust oyidan buyon “rossoneri” safida to‘p suradi. Uning "Milan" klubi bilan shartnomasi 2023/2024-yilgi mavsum oxirida yakuniga yetadi. Rafaelning transfer narxi 85 million yevroga baholangan.