
Italiyalik mutaxassis Karlo Anchelotti o'n yettinchi tur o'yini arafasida "Valensiya" bosh murabbiyligidan ketgan hamyurti Jennaro Gattuzo masalasida fikr bildirdi.
"Ishdan haydalish - murabbiy ishining bir qismi. Hech qachon ishdan bo'shatilmagan murabbiy yo'q. Balki bu faqat Gvardioladir. Ammo u ham qachondir ishdan bo'shatiladi, bu muqarrar", - deydi Anchelotti.