ONSIDE | Futbol yangiliklari

"Inter" o'z yetakchilaridan birini "Chelsi"ga sotishdan bosh tortdi

1023 02.02.2023 12:07

"Chelsi" qishki transfer oynasi yopilishidan avval o'rta chiziqni italiyalik yarim himoyachi bilan kuchaytirmoqchi bo'lgan, bu haqda insayder Nikolo Skira ijtimoiy tarmoqlar orqali xabar berdi. Gap Milanning “Inter” klubi yarim himoyachisi Nikolo Barella haqida ketmoqda.


Manba bergan xabarga ko'ra, "neradzurrilar" futbolchini APL klubiga qo'yib yuborishdan bosh tortgan. "Inter" Barellani daxlsiz futbolchi deb biladi. Nikolo Milan klubida 2020-yildan beri to'p suradi. Yarim himoyachi joriy mavsumda 25 ta o‘yinda maydonga tushib, 6 ta gol va 5 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.


Barellaning "Inter" bilan shartnomasi 2026-yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Uning transfer narxi 70 million yevroga baholanmoqda.