ONSIDE | Futbol yangiliklari

Xavi: "Mening jamoam La Ligada g'alaba qozonishni istaydi"

971 02.02.2023 12:13

"Barselona" bosh murabbiyi Xavi Ernandes Ispaniya La Ligasidagi chempionlik poygasi haqida gapirdi. "Barsa" ayni damda "Real"dan 8 ochko oldinda.


"Hozir hammasi yaxshi ketmoqda. Biz farqni oshiryapmiz, biz birinchi o'rindamiz, hammasi joyida. Bilamizki, "Real Madrid"ning ixtiyorida bitta zaxira o'yini bor, lekin biz to'g'ri yo'ldamiz. Mening jamoam o'yindan zavqlanmoqda. "Barselona" La Ligada g'alaba qozonishni istaydi", - deydi Xavi.