
"Al-Nasr" hujumchi Krishtianu Ronaldu maoshining atigi 10 foizini to'laydi. Bu haqda "The Athletic" nashri xabar berdi. Manbaga ko'ra, Ronaldu pulning qolgan qismini Saudiya Arabistoni davlat byudjetidan oladi.
Eslatib o'tamiz, Ronalduning "Al-Nasr" bilan shartnomasi 2 yilga mo'ljallangan. Uning maoshi yiliga 200 million yevroni tashkil qilishi xabar qilingan.