ONSIDE | Futbol yangiliklari

Messi Ronalduning rekordini yangiladi

7664 02.02.2023 14:14

"PSJ" futbolchisi Lionel Messi Krishtianu Ronalduning rekordini yangiladi. Hujumchi “PSJ” safida Fransiya chempionatidan o'rin olgan "Monpelye"ga qarshi o'yinda gol urdi. Bu gol uning Yevropaning top-5 chempionatlari klublari safidagi barcha musobaqalardagi 697-goli bo‘ldi. Messi “Barselona” safida 672 ta, "PSJ" safida esa 25 ta gol urdi.


Bu ko‘rsatkichga erishish uchun unga 835 ta o‘yin kerak bo‘ldi. Ronaldu top-5 chempionatlar klublari safida 696 ta gol urgan. “Manchester Yunayted”da 145 ta, “Real Madrid”da 450 ta va “Yuventus”da 101 ta gol. U 919 ta o'yin o'tkazgan. Eslatib o‘tamiz, Krishtianu ham “Sporting” safida 5 ta gol urgan, biroq ular statistikada hisobga olinmagan, chunki Portugaliya chempionati top-5 chempionatlarga kirmaydi.