ONSIDE | Futbol yangiliklari

YCHL. Bugungi finalda Boateng va Navas qatnashadimi?

342 23.08.2020 04:10

Sport Bild xabariga ko'ra, Jerom Boateng va Keylor Navas jarohatlaridan tiklanishgan va ular bugungi Chempionlar Ligasi finalida qatnashishlari mumkin.


"PSJ"darvozaboni Keylor Navas Chempionlar Ligasi finalida "Bavariya"ga qarshi o‘yinda ishtirok etishi mumkin. "RB Leypsig"ga qarshi yarim final(3:0)ni o‘tkazib yuborgan posbon jarohatidan tuzaldi.


Shuningdek, "Lion" bilan kechgan o‘yin(3:0)da mushaklaridagi muammolar tufayli zaxiraga olingan "Bavariya" himoyachisi Jerom Boateng ham safda va hal qiluvchi bahsda o‘ynashi mumkin.


"PSJ" va "Bavariya" o‘rtasidagi final bugun oqshom Toshkent vaqti bilan bilan 00:00da boshlanadi.