ONSIDE | Futbol yangiliklari

Mbappe: "Eng yaxshi bo'lishni xohlagan futbolchi Noyerga qarshi o'ynashi kerak"

182 23.08.2020 19:35

"PSJ" jamoasi hujumchisi Kilian Mbappe Chempionlar Ligasi finali doirasidagi "Bavariya"ga qarshi o‘yin oldidan o'z fikrlarini bildirib o'tdi.


"Noyer – futbol tarixidagi eng buyuk darvozabonlardan biri. Aynan unga o‘xshagan darvozabonlarga qarshi to‘p surishni doim istaganman. Eng yaxshi bo‘lishni maqsad qilgan futbolchi aynan Noyerga o‘xshagan darvozabonlarga qarshi o‘ynashi kerak. Biz favoritga qarshi maydonga tushamiz. Ko‘rsatmalarni aniq bajarib, eng avvalo o‘z o‘yinimizni ko‘rsatishimiz kerak", - deya Mbappening so‘zlarini keltirmoqda UEFA rasmiy sayti.


Ma’lumot uchun, "Pari Sen-Jermen" — "Bavariya" final uchrashuvi bugun, 23-avgust kuni o‘tkaziladi. O‘yin Toshkent vaqti bilan 00:00da boshlanadi.