ONSIDE | Futbol yangiliklari

Jaloliddin Masharipovga kelasi yil YCHLda o'ynashi mumkin bo'lgan jamoa qiziqish bildirmoqda

3656 29.05.2020 11:42

Twitter'dagi "Asian football writer" sahifasining yozishicha, "Paxtakor" yarim himoyachisi Jaloliddin Masharipov faoliyatini Turkiya chempionatida davom ettirishi mumkin. Unga "Trabzonspor" klubi qiziqish bildirmoqda.
 

"Jaloliddin Masharipov "Trabzonspor"ga o‘tishi mumkin. Ushbu transfer "Paxtakor"dagi ikki yillik ajoyib mavsumdan so‘ng futbolchi uchun sovg‘a bo‘lar edi", deya ma’lumot tarqatdi "AFW".
 

Ma’lumot o‘rnida. "Trabzonspor" klubi to‘xtab qolgan Turkiya chempionatining 26-turidan keyin 53 ochko bilan jadvalda peshqadam bo‘lib turibdi. Jamoa kelasi mavsum Chempionlar Ligasida qatnashish imkoniyatiga ega bo'lib turibdi.