ONSIDE | Futbol yangiliklari

"Roma" ikki nafar futbolchini o'z safiga qo'shib olishga yaqin turibdi

367 16.09.2020 10:27

"Yuventus" himoyachisi Mattia De Shilio "Roma"ga o'tishga yaqin.

 

Klublar 27 yoshli futbolchining transfer shartlari bo'yicha kelishib olishdi, rimliklar shaxsiy shartnoma shartlari yuzasidan himoyachi bilan bitim tuzishlari qolgan.

Shuningdek, "Roma" "Verona"ning 20 yoshli himoyachisi Marash Kumbulani 30 mln yevroga sotib oladi. Tomonlar muzokarani muvaffaqiyatli yakunlashgan.

 

Chorshanba kuni rimliklar albaniyalikning agentidan shaxsiy shartnoma shartlariga tegishli yakuniy javobni oladi.