ONSIDE | Futbol yangiliklari

Rasman: "Real" bu mavsum "Santyago Bernabeu"da boshqa o'ynamaydi

309 02.06.2020 21:43

Florentino Peresning ma’lum qilishicha, "Santyago Bernabeu"dagi rekonstruktsiya ishlarini tezlashtirish maqsadida "Real" 2019/20-yilgi mavsum uy uchrashuvlarini "Alfredo di Stefano" o‘yingohida o‘tkazadi.


"Ispaniya chempionatining qolgan uy uchrashuvlarini zaxira jamoasi ("RM Kastilya") maydonida o‘tkazishga qaror qildik. Bu esa bizga "Santyago Bernabeu"dagi rekonstruktsiya ishlari jadallashishiga ko‘maklashadi", deydi klub rahbari.


"Alfredo di Stefano" o‘z bag‘riga olti ming tomoshabinni sig‘dira oladi. Arena La Liganing barcha talablariga javob beradi – zamonaviy yoritish hamda videoassist tizimi (VAR).


Ispaniya chempionati restarti 1-iyun kuni "Sevilya" - "Betis" bahsi bilan boshlanadi. "Real" esa uzoq tanaffusdan keyin ilk uchrashuvini 14-iyunda uyda "Eybar"ga qarshi o‘tkazadi.