ONSIDE | Futbol yangiliklari

Pirlo murabbiylik faoliyatini boshlash arafasida turibdi

248 02.06.2020 22:26

"Yuventus" va Italiya terma jamoasi sobiq yarim himoyachisi Andrea Pirlo murabbiylik faoliyatini boshlashga tayyor ekanini ma’lum qildi.
 

"Men murabbiylik litsenziyani olish ustida ishladim, lekin hozir koronavirus tufayli jarayon to‘xtab qoldi. Uni sentyabr oyida olishim kerak.


Men ba’zi klublar bilan muzokara o‘tkazdim. Ko‘ramiz, keyinchalik nima bo‘lar ekan. Men xorij jamoalarini boshqarishga tayyorman, muammo ko‘rmayapman.


Men "Nyu-York Siti"da o‘ynadim. Shuning uchun qayerda bo‘lsa ham murabbiylik faoliyatini boshlashga tayyorman.
 

Futbolni sog‘indim deb ayta olmayman, ammo yangi sinovlarga tayyorman. Ikki yillik dam olishdan so‘ng menga nima kerakligini tushunib yetdim", - dedi Pirlo Football Italia nashriga bergan intervyusida.