ONSIDE | Futbol yangiliklari

"Real" tarixidagi eng yaxshilardan iborat ramziy jamoa tuzildi

826 02.06.2020 23:14

Rossiyaning Sports.ru sayti "Real" klubining barcha zamonlardagi eng yaxshi futbolchilaridan iborat ramziy jamoani aniqlash maqsadida muxlislar orasida so‘rovnoma o‘tkazdi.
 

Tarkibga madridliklarning amaldagi futbolchilari Serxio Ramos va Kazemiro, shuningdek bosh murabbiy Zinedin Zidan ham kiritildi.


Muxlislar talqini bo‘yicha barcha zamonlarning ramziy jamoasi quyidagicha: Iker Kasilyas, Serxio Ramos, Fernando Yerro, Chendo, Roberto Karlos, Kazemiro, Zinedin Zidan, Amansio Amaro, Krishtianu Ronaldu, Alfredo Di Stefano, Raul.