ONSIDE | Futbol yangiliklari

Manba: "Trabzonspor" va "Paxtakor" Masharipov yuzasidan kelishuvga erishishadi

2136 03.06.2020 08:12

"Paxtakor" va O'zbekiston milliy terma jamoasi yarim himoyachisi Jaloliddin Masharipov faoliyatini "Trabzonspor"da davom ettirishga yaqin turibdi. Bu haqda Turkiyaning "Fanatik" nashri xabar bermoqda.
 

Manbaga ko‘ra, "sherlar" bosh murabbiyi Shota Arveladze futbolchining xizmatini turkiyaliklarga taklif qilgan va ushbu transferda vositachilik qilmoqda. "Paxtakor" rahbarlari Masharipov uchun 2 million yevro so‘rashgan. Tomonlar tez orada kelishuvga erishishlari hamda Jaloliddin keyingi mavsumni Turkiya chempionatida boshlashi mumkin.


Ma'lumot uchun, o'zbekistonlik futbolchi 2020-yilgi mavsumda 5ta o‘yinda maydonga tushib, 2ta gol urdi va 3ta golga uzatma berdi.