ONSIDE | Futbol yangiliklari

"Buxoro" mavsumni legionerlarsiz davom ettirishi mumkin

422 03.06.2020 08:22

Pandemiya sabab dunyo bo'ylab bir qator futbol uchrashuvlari va musobaqalar to'xtatib qo'yilgan edi. Jumladan, 16-martdan e'tiboran O'zbekiston Superligasi o'yinlari ham noma'lum muddatgacha tanaffusga chiqdi.


13-iyun kuni qayta tiklanayotgan chempionat o'yinlari uchun jamoalar tayyorgarlik mashg'ulotlarini boshlab yuborishgan. Ammo bizga yetib kelgan ma'lumotlarga ko'ra, "Buxoro" futbol klubi legionerlari o'z vatanlariga jo'nab ketishgan va jamoa mavsumning 1-davrasini legionerlarsiz o'tkazishi kutilmoqda.


"Buxoro" legionerlari:


Artyom Baranovskiy (Ukraina)


Jaba Lipartiya (Gruziya)


Milovan Kapor (Kanada)


Edin Yunuzovich (Xorvatiya)


Eslatib o'tamiz, ortda qolgan 3 turdan so'ng, "Buxoro" jamoasi ochkolar va gollar hisobini ochmagan yagona klub sifatida so'nggi pog'onada bormoqda.