ONSIDE | Futbol yangiliklari

Premyer-Liganing eng qo'pol futbolchilari ro'yxati tuzildi

735 03.06.2020 08:35

FourFourTwo nashri Angliya Premyer-Ligasi tarixidagi eng qo‘pol ellik futbolchi reytingini e'lon qildi.
 

Turnir tarixida eng ko‘p o‘yin qoidasini buzgan futbolchi deb "Manchester Siti", "Everton", "Aston Villa" va "Vest Bromvich" jamoalarining sobiq yarim himoyachisi Garet Barri topildi. U 633 marta o‘yin qoidasini buzgan va 6ta qizil kartochka olgan.


2-o‘rinni 603ta qo‘pollik bilan "Bolton" va "Sautgempton"da harakat qilgan Kevin Devis, 3-pog‘onani 588ta qoidabuzarlik bilan "MYU" va "Everton" klublarining sobiq yarim himoyachisi Maruan Fellayni egalladi.