ONSIDE | Futbol yangiliklari

"Lion" Ispaniyadan hujumchi xarid qildi

454 03.06.2020 09:28

"Lion" "Vilyarreal" hujumchisi Karla Toko Ekambini sotib olganini e’lon qildi. Bu haqda klub o‘z rasmiy saytida xabar berdi.
 

Fransiya klubi kamerunlik futbolchi uchun 11,5 mln yevro to‘ladi. Bu qiymat bonuslar hisobiga yana 4 mlnga ortishi mumkin.


"Lion" 27 yoshli forvardni qishda ijaraga olgandi. U hozirgacha fransuzlar safida 12ta o‘yinda maydonga tushib, 2ta gol va 3ta assistni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.