ONSIDE | Futbol yangiliklari

Benzema: "Ortiq kuta olmasdik, futbolni sog'indik"

122 03.06.2020 11:46

Madridning "Real" klubi hujumchisi Karim Benzema Ispaniya chempionati restartiga tayyorgarlik haqida gapirdi.
 

"Zidan bizga futboldan rohatlanishimiz kerakligini aytdi. Endi biz o‘tgan haftaga qaraganda to‘p bilan ko‘proq ishlamoqdamiz. Ko‘proq jismoniy tayyorgarlikka e’tibor qaratdik. Moslashuv bosqichma-bosqich olib borilmoqda. Jamoadoshlar bilan yanada yaxshiroqmiz, chunki uyda mashq qilish qiyin. 2 oy davomida to‘psiz mashg‘ulot o‘tkazish oson emasdi. Bundan keyin hammasi yaxshi bo‘ladi deb o‘ylayman.


Ortiq kuta olmasdik. O‘ynashni va g‘alaba qozonishni xohlaymiz. "Eybar"ga qarshi birinchi o‘yin juda muhim bo‘ladi. Shuning uchun bor kuchimizni ishga solamiz", – deb Benzemaning so‘zlarini keltiradi Marca.