ONSIDE | Futbol yangiliklari

"Barselona" "Manchester Siti"da o'ynayotgan tarbiyalanuvchisini ortga qaytarmoqchi

452 03.06.2020 13:22

19 yoshli Erik Garsiya "Barselona" klubiga qaytishi mumkin.


"Barselona" va "Manchester Siti" klublari Nelson Semeduning transferi borasida olib borayotgan muzokarasi jarayonida,"ko‘k-anorranglilar" Garsiya bilan shartnoma imzolash imkoniyati bilan qiziqib qoldi.


Erik – "Barselona" klub tarbiyalanuvchisi hisoblanadi va Kataloniya voyaga yetgan. 2017-yili u "Manchester Siti" klubiga ko‘chib o‘tgan va o‘tgan yili APLda debyut uchrashuvini o‘tkazdi.


Xabarda aytilishicha, "Siti" Garsiya bilan xayrlashish niyatida emas, ammo, "Barselona" 19 yoshli futbolchining transferiga jiddiy qiziqish bildirmoqda.