ONSIDE | Futbol yangiliklari

OCHL. "Paxtakor" iroda ko'rsatib, chorak finalga chiqdi

923 27.09.2020 00:51

Osiyo Chempionlar Ligasi nimchorak finalida "Paxtakor" "Istiqlol"dan ustun keldi va 1/4 finalga chiqdi. "Sherlar" birinchi bo'lib gol o'tkazib yuborganiga qaramay, legionerlarning yordami bilan iroda ko'rsata oldi.

32-daqiqada Ali Karimi jarima zarbasidan qoyilmaqom tarzda hisobni ochdi. Taym yakuniga yaqin Dragan Cheran chiroyli kombinatsiyani gol bilan yakunladi. Ikkinchi taym avvalida esa jamoaning eng katta xaridi va umidi Eren Derdiyok ishonchni oqladi: 2:1.

OCHL | 1/8 final


"Paxtakor" 2:1 "Istiqlol"


Gollar:  Cheran 43', Derdiyok 47' - Karimi 32'.