ONSIDE | Futbol yangiliklari

Shomurodovga A Seriya klubidan taklif bor

6543 29.09.2020 17:30

Hamyurtimiz Eldor Shomurodov faoliyatini  A Seriyada davom ettirishi mumkin.

 

"Jenoa" klubi "Rostov" hujumchisi Eldor Shomurodov uchun muzokaralarni boshladi. Genuyaliklar 25 yoshli forvard uchun 8 mln yevro taklif qilishi kutilmoqda, deya xabar berdi jurnalist Janluiji Longari.

Eslatib o'tamiz, Shomurodov 2017-yildan beri "Rostov" sharafini himoya qilib keladi. Unga Belgiyaning "Gent" klubi ham jiddiy qiziqish bildirgandi.