ONSIDE | Futbol yangiliklari

Rasman: "Rostov" Shomurodov "Jenoa"ga o'tganini ma'lum qildi

1283 10.10.2020 13:25

Hujumchi Eldor Shomurodov "Jenoa"ga o'tmoqda.

 

"Rostov" matbuot xizmatining xabariga ko'ra, Italiya klubi hamyurtimizning transferi bo'yicha kelishuvga erishgan.

Avval xabar berilganidek, 25 yoshli futbolchi genuyaliklar bilan 4 yillik shartnoma imzolaydi. Transfer summasi bonuslar bilan birgalikda 9 mln yevroni tashkil etmoqda. Rostovliklar Shomurodov boshqa klubga o'tib ketsa, 15 foiz ulushga ham ega bo'lishadi.