ONSIDE | Futbol yangiliklari

O'rtoqlik o'yini. Ikkita qizil, penalti, seyv va darvoza to'sinlari nishonga olingan bahsda O'zbekiston yutqazdi

3274 13.11.2020 00:17

Suriya va O'zbekiston terma jamoalari o'rtasidagi o'rtoqlik uchrashuvi o'z nihoyasiga yetdi.


Kurashlarga boy o'tgan bahsda suriyalik futbolchilar g'alaba qozonishdi.


O'rtoqlik o'yini


Suriya 0:1 O'zbekiston


Gol: Al Mavas 48'.

 


UCHRASHUV YAKUNLANDI!


90+4' | VAKILLARIMZIDAN YANA BIR HUJUM!!! EXXX, BUGUN BIZGA OXIRGI ZARBANI BERADIGAN VA GOL URADIGAN FUTBOLCHI (SHOMURODOV) YETISHMAYAPTI.


90+2' ZARBAAA! YANA DARVOZA TO'SINI! Hojimat Erkinovning bosh bilan bergan zarbasi to'singa tegdi


90+1' | ZARBAAAAAAAAAA!!! MUROD XOLMUHAMMEDOV BURCHAK ZARBASINI TO'G'RIDAN-TO'G'RI GOLGA AYLANTIRIB QO'YISHI MUMKIN EDI.


90' | Uchrashuvga 6 daqiqa qo‘shildi


90' | ZARBAAAAAAAAAAAAAAAAA! HOJIMAT ERKINOV! Uning zarbasidan keyin to‘p darvoza to‘siniga tegib qaytdi!


82' | O‘zgarish. Lutfulla To‘rayev o‘rniga Sanjar Qodirqulov tushdi


79' | Ogohlantirish: Murod Xolmuhammedov sariq kartochka bilan ogohlantirildi


76' | O'zgarish. Bobir Abdixoliqov o'rniga Temurxo'ja Abduxoliqov maydonga tushdi


69' | O'zgarishlar. Jamshid Iskanderov o'rniga Abror Ismoilov, Igor Golban o'rniga Murod Xolmuhammedov maydonga tushdi


65' | Ogohlantirish: Islom Qobilov sariq kartochka bilan ogohlantirildi


65' | O'yin tempi biroz pasaydi. To'p nazorati aynan biror bir jamoada deb aytib bo'lmaydi.


61' | O‘zgarishlar. Masharipov va Bozorov o‘rniga Dostonbek Hamdamov va Xojimat Erkinov maydonga tushirildi.


60' | NEEEE'MATOOOVV!!! U AL MAVASNING ZARBASINI QAYTARDI.


59' | EEEXXX PENALTI! Igor Golban qo'pollik ishlatdi, hakam 11 metrlik nuqtaga ishora qildi.


52' | Vakillarimiz faollashishdi, biroq Oybek Bozorov biroz qizishib ketdi, natijada ogohlantirildi.


50'| QIZIL KARTOCHKA! Suriyalik himoyachi qo'polligi uchun chetlatildi. Maydonda tenglik, endi navbat hisobga


48' | GOL! Suriya terma jamoasi hisobni ochdi.


IKKINCHI BO'LIMGA START BERILDI.


TANAFFUS! Birinchi bo'lim o'z nihoyasiga yetdi.


45' | Jarima zarbasi ishladik. Aziz G'aniyevning kuchli zarbasi noaniq ketdi.


39' | Burchak zarbasiga ega bo'ldik. Jamshid Iskanderovning uzatmasi yaxshi chiqqan edi, ammo suriyaliklarning bo'ydor futbolchilari vakillarimizga imkoniyat qoldirishmayapti.


37' | Futbolchilarimiz to'p nazoratini yana o'z qo'liga olishdi.


32' | ZARBAA! Aias Aosmanning zarbasi darvoza ustidan o'tib ketdi, xavfli edi vaziyat!


31' | ZARBAA!!! Masharipovning zarbasiga biroz aniqlik yetishmadi. Qayd etish kerak, ushbu hujumda Aziz G'aniyev ancha faol harakat qildi.


27' | XAVFLI HUJUM! Suriya terma jamoasi yana chap qanotni ishga soldi. Qanotdan yerlatib uzatilgan to'pni Qobilov qaytardi.


24' | Bobir Abduxoliqov faolligi orqali terma jamoamiz uchun burchak zarbasini ishladi. Ammo Iskanderovning urinishi omadsiz yakunlandi.


24' | Raqib hujumi bartaraf etildi. Ko'rinmoqdaki, maydondan chetlatilgan Alijonov o'rnini maydonda Aziz G'aniyev yopmoqda.


23' | Suriyaliklar chap qanotdan hujumga o'tishga urinishmoqda. Hozircha hujumning birinchi to'lqini himoyachilarimiz tomonidan qaytarildi. Ammo to'p hamon raqiblarimizda.


20' | To'p nazorati Vadim Abramov shogirdlarida. Markazda raqib kuchli pressing uyushtirmoqda.


17' | Oybek Bozorov individual harakatlari bilan oldinga bordi va raqib darvozasi tomon zarba yo'lladi. Biroq noaniq ketdi.


14' | Vakillarimiz 10 kishi bo'lib qolgan bo'lsa-da hujumga o'tmoqda. Ammo yakuniy zarba yo'q


11' | ZARBA! Jarima zarbasini Abduvohid Ne'matov qiyinchiliksiz bartaraf etdi.


11' | OGOHLANTIRISH! Lutfulla To'rayev hakam bilan tortishgani uchun sariq kartochka ishlab oldi.


10' | QIZIL KARTOCHKA!!! Hojiakbar Alijonov darvozabonimiz bilan birga-bir chiqib borayotgan raqib hujumchisini yiqitdi. Ammo hakam biroz qattiqroq jazo berdi nazarimizda. Keskin fol yuz bermagan edi.


9' | O'zbekiston terma jamoasi chap qanotdan yaxshi hujum uyushtirdi. Ammo to'p hujum markazidagi Bobir Abduxoliqovgacha yetib kelmadi.


7' | Masharipov chap qanotda yaxshi ochilib bordi, biroq to'pni to'xtatishda Jalolga chaqqonlik yetishmadi. Natijada hujum tempi pasaydi.


4' | Vakillarimiz markazda to'pni nazorat qilishmoqda.


3' | Suriyalik hujumchi darvozabonimiz bilan birga-bir vaziyatga chiqib borishi mumkin edi. Biroq Abduvohid Ne'matov forvarddan tezkorroq harakat qilib to'pni maydondan chiqarib yubordi.


UCHRASHUV BOSHLANDI!


Har ikki davlat madhiyasi yangradi.


Jamoalar yashil maydonga chiqib kelishdi


O'zbekiston terma jamoasining Suriyaga qarshi o'rtoqlik o'yinida maydonga tushadigan asosiy tarkibi bilan tanishing.


O'rtoqlik uchrashuvi


Suriya - O'zbekiston


O'zbekiston: