ONSIDE | Futbol yangiliklari

Italiya Kubogi. Shomurodov assist qilgan bahsda "Jenoa" kambek amalga oshirdi

4369 27.11.2020 01:28

Italiya Kubogi 4-bosqich doirasida "Sampdoriya" - "Jenoa" uchrashuvi o'z nihoyasiga yetdi.


Hamyurtimiz Eldor Shomurodov ushbu bellashuvda o'z hisobiga bitta assist yozdirib qo'ydi. Aynan uning golli uzatmasidan so'ng, hisob tenglashdi va "Jenoa" kambekni amalga oshirdi.


Italiya Kubogi | 4-bosqich


"Sampdoriya" 1:3 "Jenoa"


Gollar: Verre 18' - Skamakka 60', 72', Lerager 68'

 


UCHRASHUV YAKUNLANDI


90+2' | ZARBAAA!!! Gabbiandini ikkinchi bor xavfli zarba yo'lladi. Biroq aniqlik yetishmadi.


90' | Ikkinchi bo'limga hakam 5 daqiqa vaqt qo'shib berdi.


89' | "Sampdoriya" tempni oshirdi. Ketma-ket zarbalar berilmoqda.


85' | SHOMURODOV PYATSAGA ALMASHTIRILDI. HAMYURTIMIZ O'YINNI YAXSHI SAVIYADA O'TKAZDI VA O'Z HISOBIGA 1TA ASSIST YOZDIRIB QO'YDI. AYNAN UNING TEZKOR HARAKATLARI "KAMBEK"NI BOSHLAB BERGANINI QAYD ETISH JOIZ.


80' | Shomurodov markazda raqib futbolchisini ustamonlik bilan aldab oldinga bordi. Lerager tomon uzatgan to'pini sherigi to'xtata olmadi. Yana potensial bir golli hujumlardan biri to'xtab qoldi...


75' | Shomurodov qarshi hujumda raqibdan qochib ketishga urindi, ammo u to'pni oldinga tashlashda adashgani uchun hujum yo'qqa chiqdi.


72. GOOOL! Yana Skamakka "Sampdoriya" darvozasini ishg'ol qildi. "Sampdoriya" futbolchisi markazda to'pni oldirib qo'ydi va Skamakka jarima maydonchasi ichiga kirmay raqib darvozasini chiroyli zarba bilan ishg'ol qildi.


70' | Raqib jamoa standartdan "Jenoa" jarima maydonchasiga uzatilgan to'pni Shomurodov qaytarishga muvaffaq bo'ldi. Eldor himoyaga ham yordam bermoqda.


68' | GOOOL!!! "Jenoa" yana gol urdi, bu safar Lerager "Sampdoriya" darvozasini ishg'ol qildi. Skamakka havodan kelgan to'pni raqib darvozasiga burdi, posbonning seyvidan so'ng Lerager bo'sh darvozaga gol urdi.


61' | GOOOOOLLLL!!! ELDORNING ITALIYADAGI ASSISTI! Maydonning teng yarmini katta tezlikda bosib o'tgan hamyurtimiz raqib jarima maydonchasiga kirib bordi. Yakunda to'pni jamoadoshi Skamakka tomon uzatdi. Forvard bo'sh qolgan darvozani ishg'ol etdi.


58' | ZARBA!! "Jenoa" o'yindagi raqib darvozasi tomon ilk aniq zarbasini yo'lladi. Zarba muallifi - Badel.


53' | Mehmonlar tezkor hujumga o'tib ketishlari mumkin edi. Biroq "Sampdoriya" himoyachisi Eldorning aqlli pasini qaytarib qoldi.


46' | "Jenoa" tarkibida 2ta o'zgarish ro'y berdi. Shomurodov hozircha maydonda!


2-TAYM BOSHLANDI!


TANAFFUS!


45' | Bo'limga 1 daqiqa qo'shib berildi


45' | Taym so'nggida "Jenoa" yaxshi imkoniyatga ega bo'lishi mumkin edi. Pellegrini zarba berish pozitsiyasiga chiqqanda yiqildi. Hakam esa jim!


37' | Shomurodov markazda Skamakka bilan chiroyli kombinatsiya tashkil etdi.


26' | Shomurodov maydon markazida raqib himoyachisi Maya Yoshidani ustamonlik bilan aldab o'tgan edi. Ammo yaponiyalik himoyachi hujumchining libosidan ushlab qoldi, natijada ogohlantirildi.


20' | Ustunlik hamon mezbonlar tomonda. "Jenoa" futbolchilari to'pni egallab olishga qiynalishmoqda.


18' | GOL! Verre kuchli va aniq zarbasi bilan "Sampdoriya"ni hisobda oldinga olib chiqmoqda.


16' | ELDOOORRR!!! Hamyurtimiz himoyada jamoadoshlariga yordam bermoqda. Shomurodov darvozabon bilan deyarli birga-bir chiqib borayotgan raqib futbolchisini to'xtatdi.


12' | Shomurodov chap qanotda to'pni egallab olib, raqib aldashga urindi, biroq to'p maydondan chiqib ketib qoldi... Urinish yomon emasdi.


12' | XAVFLI ZARBAAA!!! Adrien Silvaning olisdan yo'llagan kuchli zarbasini "Jenoa" posboni Marchetti katta qiyinchilik bilan qaytardi.


6' | UXXXX!!! Darvoza to'sini "Jenoa"ni muqarrar goldan qutqarmoqda...


3' | Eldor markazda havodan kelayotgan to'pni o'ziga chiroyli tarzda to'xtatib olib, hujumdagi sherigi Skamakka tomon aniq yetkazib berdi.


1' | Mezbonlar to'p nazoratini qo'lga olishgan. Dastlabki daqiqalardanoq markazdagi ustunlik "Sampdoriya" tomonida.


UCHRASHUV BOSHLANDI


Jamoalar yashil maydonga chiqib kelishmoqda.


Italiya Kubogi | 4-bosqich


"Sampdoriya" - "Jenoa"


Asosiy tarkiblar: