ONSIDE | Futbol yangiliklari

Kike Setyen "Barselona"ni sudga berdi

463 30.11.2020 12:19

"Barselona" klubining sobiq bosh murabbiyi Kike Setyen sudga murojaat qilib, shartnomani muddatidan oldin bekor qilganligi uchun "Barselona"dan tovon puli talab qildi. Bu haqda AS Kataloniya radiosiga asoslanib xabar berdi.


Mutaxassis klubni avgust oyida tark etgan edi, ammo rasman 17-sentyabrda ishdan bo'shatilgan. Setyenning advokati 4 million yevro miqdorida tovon puli talab qildi.


Setyen "Barselona"ni 2020-yilning yanvarida bosh murabbiy sifatida ispaniyalik Ernesto Valverdening o'rnini egallagandi. Mutaxassis 17-avgust kuni Chempionlar Ligasi chorak finalida Germaniyaning "Bavariya"siga 2:8 hisobida mag'lubiyatga uchraganidan so'ng, klubdan haydalgandi.