ONSIDE | Futbol yangiliklari

"Vulverxempton" yetakchisi safdan chiqdi

251 30.11.2020 15:56

"Vulverxempton" yetakchisi Raul Ximenes kecha APLning 10-turi doirasida bo'lib o'tgan "Arsenal"ga qarshi o'yin vaqtida raqib himoyachisi bilan to'qnashdi.
 

29 yoshli forvard shifokorlar tomonidan maydonning o'zida 10 daqiqa yordam oldi. Keyin esa shifoxonaga yo'l oldi.


"Ayni paytda Raul Londondagi kasalxonada. U kecha operatsiya qilindi. Holati yaxshi U rafiqasi Danielani ko'rib, tanidi. Hozir esa dam olmoqda.


U bir necha kun davomida shifokorlar nazoratida bo'ladi. Shu o'rinda bizga yordam bergan "Arsenal" rahbariyatiga, tibbiy personallariga mninnatdorlik bildirib qolamiz", - deya futbolchi haqida ma'lumot berib o'tgan "Vulverxempton" matbuot xizmati.