ONSIDE | Futbol yangiliklari

"Holandni jahon yulduzi deb atashga hali erta"

950 30.11.2020 16:36

"Borussiya D" bosh murabbiyi Lyusen Favr jamoa to'purari Erling Holand haqida fikr bildirdi.


"Erlingda "Kyoln"ga qarshi o'yinda harakatlar kam edi. U ko'proq mehnat qilishi kerak. Nazarimda, Holandni jahon yulduzi deb atashga hali erta.


"Kyoln"ga qarshi uchrashuvda qayd etilgan natijadan nihoyatda hafsalamiz pir bo‘ldi. Biz umuman boshqacha natijadan umid qilgandik. Ushbu uchrashuvda ochkosiz qolganimizga toqat qilish qiyin", - dedi Lyusen Favr.