ONSIDE | Futbol yangiliklari

O'z golini Maradonaga bag'ishlagan Messi jarimaga tortildi

1484 30.11.2020 17:59

Ispaniya chempionatining 11-turida "Barselona" jamoasi "Osasuna"ni 4:0 hisobida taslim etdi.


Lionel Messi ushbu uchrashuvdagi kiritilgan golning bittasiga mualliflik qildi va uni Diego Maradonaga bag'ishladi. Leo golni nishonlash chog'ida libosini yechishga qaror qildi.


Biroq, La Liga va FIFA reglamentlariga asosan, futbolchi o'z libosini yechgani uchun jarima mavjud va sariq kartochka bilan "siylanadi".


Shu tariqa, Messi golni nishonlash chog'da libosini yechgani uchun uch ming yevro jarimaga tortildi.