ONSIDE | Futbol yangiliklari

Vadim Abramov "Bunyodkor"dan ketadi

610 30.11.2020 20:19

2 kun avval O'FA Ijroiya qo'mitasining navbatdagi yig'ilishi bo'lib o'tdi.


Unda bir qator masalalar kabi terma jamoalar masalasi ham ko'rib chiqildi. Ijroiya qo'mita qaroriga muvofiq kelasi yildan O'zbekiston milliy, olimpiya va yoshlar terma jamoalari bosh murabbiylarining faqat terma jamoada ishlashi shart qilib qo'yildi.


Bu degani Vadim Abramov keyingi yil "Bunyodkor"ni boshqara olmaydi va faqat milliy jamoada ishlaydi. O'z navbatida Ravshan Haydarov ham "Surxon"dan ketib, faqat U-22 jamoasi bilan mashg'ul bo'ladi. Bugungi kunda "Lokomotiv"da faoliyat olib borayotgan Timur Kapadze ham yil so'nggida klub bilan xayrlashib, bor e’tiborini O'zbekiston U-19 terma jamoasiga qaratadi.