ONSIDE | Futbol yangiliklari

"Yuventus" Dibalani "PSJ" hujumchisiga almashtirmoqchi

474 30.11.2020 20:44

"PSJ" hujumchisi Mauro Ikardiga "Yuventus" tomonidan jiddiy qiziqish bo'lmoqda.


Calciomercato nashrining yozishicha, turinliklar ushbu transferga o'z hujumchisi Paulo Dibalani qo'shishmoqchi. "Yuve" rahbariyati shartnomani uzaytirish borasida Dibala bilan kelishuvga erisha olmayotgani tufayli shunday qarorga kelgan. Klub bu boradagi taklifni yozgi transfer oynasida amalga oshirmoqchi.


Ma'lumot uchun, 27 yoshli forvard joriy mavsumda turinliklar safida 9 o'yinda maydonga tushib, bitta golga mualliflik qilgan.


Mauro Ikardi esa Liga 1 musobaqasida joriy mavsumda 5 o'yinda maydonga tushib, 2ta golga mualliflik qildi.