ONSIDE | Futbol yangiliklari

Pro liga. "Zomin" ligani tark etdi, uning o'rnini "Yangiyer" egallaydi

287 30.11.2020 20:53

Bugun Pro liga va Birinchi ligada bir qator uchrashuvlar o'tkazildi.


Pro liga 20-turi quyi to'rtlik guruhida "Istiqlol" "Oqtepa" bilan durang qayd etgan bo'lsa, "Xorazm" Urganchda "Zomin" ustidan 2:0 hisobida zafar quchib, turnirdagi o'rnini saqlab qoldi. Urganchliklar 20-turdan keyin 21 ochko jamg'argan bo'lishsa, "Zomin" 19 ochko bilan 8-o'rinni egallab, quyi liga sanalmish 1-ligaga tushdi.

1-ligadan esa 2-bosqichda 6 jamoa orasida eng ko'p – 12 ochko jamg'arib, 1-o'rinni egallagan "Yangiyer" klubi 2021-yildan Pro ligada ishtirok etadigan bo'ldi.