ONSIDE | Futbol yangiliklari

"Real" futbolchilari Zidandan norozi bo'lishmoqda

722 30.11.2020 21:55

"Real" klubi futbolchilari jamoa bosh murabbiyi Zinedin Zidanga qarshi norozilik kayfiyatida bo'lishmoqda.


Cadena Ser nashri jurnalisti Anton Meana bu holatni quyidagicha izohlaydi:


"Bunga qadar Zidan jamoaning kiyinish xonasida hech qachon bunday qiyin vaziyatga duch kelmagan edi. Hozirda bir qator futbolchilar faqat o'zi haqida o'ylamoqda. Ularni yangi shartnoma borasidagi muzokaralar, jarohatlar tashvishga soladi. Futbol esa ikkinchi darajali.


So'nggi paytlarda Zidan asosiy tarkibni e’lon qilganda kiyinish xonasida norozi kayfiyatdagi futbolchilar topilmoqda. Fransiyalik mutaxassis buni nazorat qilolmasligini tushunadi. Zidanga ushbu vaziyatni qabul qilish juda qiyin".