ONSIDE | Futbol yangiliklari

"Atletiko"ga qarshi o'yin oldidan "Bavariya"da jiddiy yo'qotishlar bor

361 30.11.2020 22:55

"Bavariya" klubi bosh murabbiyi Xans-Diter Flik YCHL 5-turida "Atletiko"ga qarshi o'yin oldidan yo'qotishlar haqida gapirdi.


"Tarkibimizda yo'qotishlar bor: Noyer, Levandovski va Goretska "Atletiko"ga qarshi o'yinda maydonga tushmaydi. Tolisso ham tiklanish jarayonini o'tkazmoqda. Bu bahsda "Bavariya" darvozasidan Nyubel o'rin oladi. U mashg'ulotlarda yaxshi harakat qilmoqda va asosiy tarkibga tushishga munosib. Aleksandr kubok doirasidagi o'yinlarda ham ishonchli harakat qilgandi", - dedi murabbiy


Ma’lumot uchun, Chempionlar Ligasi 5-turi doirasidagi "Atletiko" — "Bavariya" uchrashuvi 1-dekabr kuniga belgilangan.