ONSIDE | Futbol yangiliklari

Rasman: "Nasaf" futbolchisi legionerga aylandi

4878 17.01.2021 00:55

"Nasaf" yarim himoyachisi Islom Kenjaboyev faoliyatini xorijda davom ettiradigan bo'ldi.


Kenjaboyev yangi mavsumda Janubiy Koreyaning "Jeju Yunayted" klubi safida to'p tepadi. Bu haqda Championat.asia nashri xabar bermoqda.

Ma’lumot uchun, "Jeju Yunayted" joriy yilgi mavsumda K2-Ligada ishtirok etdi va birinchi o'rinni egallab, yuqori divizion hisoblanmish K1-Ligaga yo'l oldi. 2021-yilda Jeju jamoasi Koreya oliy ligasida o'ynaydigan bo‘ldi.