ONSIDE | Futbol yangiliklari

Tuttosport: Shomurodov "Yuventus"ga o'tishi mumkin

13360 17.01.2021 01:21

«Jenoa» hujumchisi Eldor Shomurodov faoliyatini «Yuventus»da davom ettiririshi mumkin. Bu Italiyaning nomdor nashri «Tuttosport» o‘zining birinchi sahifasida ushbu xabarga joy ajratdi.

 

Qayd etilishicha, Turin klubi hujumchi Alvaro Morataning o‘rniga zaxira variant qidirmoqda. Eldor Shomurodov ushbu ro‘yxatdan o‘rin olgan.

 

Eslatib o‘tamiz, joriy mavsum Eldor Italiya A Seriyada 2ta gol urdi va 1ta golga assistentlik qildi. Jamoasining oxirgi o‘yinida uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.